26/01/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari doirasida Milliy statistika tizimi tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida tasodifiy tanlash (random) usuli asosida sovrinli tanlov o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra har bir hudud bo‘yicha bittadan g‘olib aniqlandi. Jumladan, Navoiy viloyatining Nurota tumanida yashovchi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi ham g‘oliblikka sazovor bo‘ldi.

Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan g‘olibga Tashakkurnoma hamda zamonaviy planshet qurilmasi topshirildi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish — vaqtni tejaydi, qulay va eng muhimi, har bir fuqaro uchun haqiqiy imkoniyatlar eshigini ochadi. Savolnomani aniq va to‘liq to‘ldirgan fuqaro sovrin yutish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Siz ham bugun onlayn ro‘yxatdan o‘ting — ertaga g‘olib bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech