Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 7,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,4 mln nafarga yoki 22,2 % ga oshgan.
2025-yilda O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat:
Qirg‘iz Respublikasi — 3,3 mln nafar;
Qozog‘iston — 1,3 mln nafar;
Tojikiston — 1,3 mln nafar;
Rossiya — 433,3 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 366,2 ming nafar;
Turkiya — 268,9 ming nafar;
BAA — 139,4 ming nafar;
Misr — 65,4 ming nafar;
Xitoy — 52,6 ming nafar;
Vetnam — 39,1 ming nafar.




