21/01/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi — onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda. Jarayonning muhim qismi sifatida Navoiy Sharq universitetida “Ro‘yxatga olish kuni” aksiyasi tashkil etildi.

Tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari onlayn ro‘yxatdan faol o‘tmoqda.

Aksiyaning qulay va samarali tashkil etilishi uchun barcha fakultetlarda maxsus xonalar ajratilib, kompyuterlar va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan. Yaraltilgan sharoitlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonini yanada tezkor, sifatli va qulay amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Bunday faollik mamlakatimiz rivoji uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash jarayonida keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech