20/01/2026

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1109-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda bosh yuristkonsultant A. Murodov Qonunning asosiy maqsadlari, vazifalari hamda unda belgilangan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Ushbu tadbir tizim xodimlarining huquqiy bilim va savodxonligini oshirishga, qonunchilikdagi yangiliklarni chuqur anglashga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech