16/01/2026

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida jami 60 979 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 19,7 ming nafarga yoki 47,7 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

sayohat – 55 090 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 5 679 nafar;

davolanish – 172 nafar;

oʻqish – 20 nafar;

xizmat yuzasidan – 18 nafar.

misr

Tugmani bosing Tinglash GSpeech