13/01/2026

2026-yil 13-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi hamkorligida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayoniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasining mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda matbuot kotiblari ishtirok etdi.

Anjuman davomida ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati, census.stat.uz portali orqali OneID yoki JSHSHIR yordamida onlayn mustaqil ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi — demografik va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish ekani ta’kidlandi hamda jarayonga tayyorgarlik ishlari yuzasidan ma’lumotlar yetkazildi.

Tadbir davomida OAV vakillari, blogerlar va matbuot kotiblari orqali aholiga jarayon bo‘yicha to‘liq va tezkor axborot yetkazish muhim omil ekanligi ta’kidlandi.

Muloqot davomida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq batafsil javob berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech