Joriy yilning 12-yanvar kuni “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati binosida Viloyat statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan zavod ishchi-xodimlari uchun maxsus o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminarda ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsadi, vazifalari, mazkur jarayonning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Tadbir davomida onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish, shuningdek bu jarayonning bosqichlari va qo‘llanilishi bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi hamda ro‘yxatga olish jarayonining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.




