05/01/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda mazkur tadbirga tayyorgarlik hamda targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 5-yanvar kuni Navoiy shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun Navoiy shahar statistika bo’lim boshlig’i H. Qarshiboyev tomonidan maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning asosiy maqsad va vazifalari, ushbu jarayonning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, tadbir davomida aholining o‘zlari tomonidan onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatlari, mahalla yettiligi xodimlarining uyma-uy yurib ro‘yxatga olish jarayonlari, ro‘yxatga olish bosqichlari hamda uning amaliy qo‘llanilishi yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi hamda ro‘yxatga olish tadbirining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech