Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida Navoiy viloyatida sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, hajmi 144 914,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Seksiyalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishi hajmi quyidagicha:
ishlab chiqarish sanoati – 144 914,1 mlrd so‘m (83,5 %);
tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash – 21 088,3 mlrd so‘m (12,2 %);
elektr gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 7 146,0 mlrd so‘m (4,1 %);
suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 367,1 mlrd so‘m (0,2 %).




