Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlar ishtirokida bosh yuriskonsult A. Murodov tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yil yakuni munosabati bilan, xususan, 2025-yil dekabr oyida qabul qilingan qonunlar va qonun osti hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yangi normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga tatbiq etilishi, ularning davlat organlari va xodimlar faoliyatidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Muloqot jarayonida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, hamda huquqiy mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan aniq va tushunarli javob oldi.



