Konstitutsiya xalqimizning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotining eng muhim mezoni, davlatimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Har yili 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun sifatida yurtimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda ushbu qutlugʻ sana 33 yilligi bilan ahamiyatlidir.

5-dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan “Xalq – Konstitutsiya ijodkori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida boshqarma bosh yuriskonsulti A. Murodov ma’ruza bilan chiqib, Konstitutsiyaning nafaqat huquqiy asos, balki xalqimizning asriy qadriyatlari, ma’naviyati, umid va intilishlarini o‘zida mujassam etgan muhim hujjat ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, uning normalarini kundalik hayotda qo‘llash madaniyatini shakllantirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Konstitutsiya – har birimiz uchun taraqqiyot yo‘lidagi ishonchli yo‘lboshlovchi. Uning tamoyillari asosida huquqiy davlat va adolatli jamiyat barpo etish barchamizning maqsadi va vazifasidir.



