Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—sentabr oylarida respublika bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 11,7 mln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 12,9 foizga o‘sgan.
Aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha TOP-5 hudud:
Navoiy viloyati – 29,7 mln so‘m
Toshkent shahri – 22,9 mln so‘m
Toshkent viloyati – 20,3 mln so‘m
Namangan viloyati – 16,3 mln so‘m
Samarqand viloyati – 15,2 mln so‘m




