24/10/2025

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari doirasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 629-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati hamda ijrosi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Targ‘ibot tadbirini Viloyat statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A. Murodov olib bordi. U o‘z ma’ruzasida mazkur qaror bilan belgilangan asosiy yo‘nalishlar, mas’ul tashkilotlarning vazifalari, hududlarda amalga oshirilayotgan tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar, shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida aholining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ushbu targ‘ibot tadbirining o‘tkazilishi aholining huquqiy xabardorligini oshirish, “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirining mazmun-mohiyatini yanada keng targ‘ib etish hamda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech