Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-oktabr holatiga Oʻzbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 25 589 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning yanvar–avgust oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 167,9 trln soʻmdan oshdi.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 13,8 % ga oʻsgan.




