Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 11,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 22,6 ming tonna olma eksport qilgan.
8 oyda Oʻzbekiston olma yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 10 721 tonna;
Qozogʻiston – 10 098 tonna;
Qirgʻiz Resp. – 1 275 tonna;
Turkmaniston – 167,4 tonna;
Iroq – 164,3 tonna;
Boshqa davlatlar – 192,2 tonna.