20/10/2025

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik doirasida Nurota tumani va G‘ozg‘on shahrida mahalla yettiligi a’zolari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir belgilangan grafik asosida bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda.

 Seminarning asosiy maqsadi — mahalla yettiligi vakillarini ro‘yxatga olish jarayonidagi vazifalar bilan tanishtirish, elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish va axborot tizimlaridan foydalanishni o‘rgatishdan iborat.

 Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan tavsiyalar berilib, amaliy mashg‘ulotlar shaklida tushuntirishlar berildi.

 Ushbu o‘quv tadbirlari mahalla yettiligining bilim va malakasini oshirish, shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli va samarali o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech