Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yilning yanvar-avgust oylaridagi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi ayollar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 64,1 % ni tashkil etgan.
Mazkur davrda ushbu ko‘rsatkich erkaklarda 71,9 % qayd etildi.
Yillar kesimida O‘zbekistonda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan ayollar ulushi:
2021-yil — 55,7%
2022-yil — 57,3%
2023-yil — 58,5%
2024-yil — 63,7%
2025-yil — 64,1%
Yillar kesimida O‘zbekistonda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan erkaklar ulushi:
2021-yil — 66%
2022-yil — 67,3%
2023-yil — 68,8%
2024-yil — 71,7%
2025-yil — 71,9%