13/10/2025

2025-yil 13-oktabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1087-son Qonuni – “Davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida”gi hujjat mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 Tadbir davomida boshqarmaning bosh yuristkonsultanti A. Murodov Qonunning asosiy maqsad va vazifalari, unda belgilangan bandlar yuzasidan keng tushuntirishlar berdi.

 Mazkur tadbir tizim xodimlarining huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, shuningdek, mudofaa sohasidagi qonunchilik asoslarini yanada chuqur anglashga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech