2025-yilning yanvar–iyul oylarida Navoiy viloyatida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 12,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ushbu ko‘rsatkich viloyat sanoat mahsulotlari umumiy hajmining 12,5 foizini tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,9 foizga yetdi.