Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida qariyb 9,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Gruziyaga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 3,3 ming nafarga yoki 51 % ga oshgan.
Joriy yilning 7 oyida Gruziyaga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayohat – 8 319 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 1 244 nafar;
xizmat yuzasidan – 44 nafar;
o‘qish – 19 nafar;
davolanish – 14 nafar.