Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida qariyb 5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Malayziyaga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1 ming nafarga yoki 26,4 % ga oshgan.
Joriy yilning 6 oyida Malayziyaga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
sayohat – 4 220 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 478 nafar
xizmat yuzasidan – 185 nafar
oʻqish – 93 nafar
davolanish – 5 nafar