2025-yil 4-avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–117-sonli Farmoni – “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mazkur Farmonning asosiy maqsadlari, davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida intizom, shaxsiy mas’uliyat hamda ijro madaniyatini oshirish borasidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Farmonda ijro intizomini ta’minlash jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish muhim vazifa sifatida belgilab o‘tilgani ta’kidlandi.