23/07/2025

Barchamizga maʼlumki, bugungi kunda mamlakatimizda roʻyxatga olish tadbiriga tayyorlarlik ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Respublikamizning barcha hududlarida targʻibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish muhim ahamiyatga egadir.

Shunday ekan, ushbu jarayonda shahar va tuman hokimliklari qanday vakolatlarga ega?

Mazkur qonunning 16-moddasiga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalarni tuzishi, maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olgan holda aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi sonini koʻrsatgan holda ushbu punktlarning toʻliq roʻyxati tuzilishini, maʼmuriy-hududiy birliklarda koʻchalarning nomlari, uylar va xonadonlarning raqamlari koʻrsatilgan koʻrsatkichlar boʻlishini taʼminlashi, jalb etilgan roʻyxatga oluvchi xodimlar tarkibini tasdiqlashi, roʻyxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va oʻqitishni tashkil etishi, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish doirasidagi ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarning oʻqishi va ishlashi uchun yaroqli mebel hamda aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik xonalar, shuningdek zarur transport vositalari berilishini taʼminlash, roʻyxatga olish varaqlarini va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarini vaqtincha saqlash uchun qoʻriqlanadigan xonalar ajratish yuzasidan choralar koʻrish, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etishi kabi vakolatlariga egadir.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech