2025- yil 23- aprel kuni Navoiy viloyat statistika boshqarmasida tarmoq bo‘lim boshliqlari ishtirokida tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi OʻRQ-1058-sonli qonunining mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda mazkur qonunning asosiy jihatlari, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining samaradorligi hamda ushbu o‘zgarishlarning statistika sohasiga ta’siri yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.