Joriy yilning 10- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan Karmana tumani, Zarafshon mahalla fuqarolar yig‘inidagi uy xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlar o’tkazildi. Ushbu kuzatuvlar orqali aholi turmush darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ta’siri o‘rganiladi.
Tanlanma kuzatuvda viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Suyunov ishtirok etib, jarayonning samarali tashkil etilishiga ko‘maklashdi.
Kuzatuv jarayonida xonadon egalariga kuzatuvning maqsad va vazifalari hamda olingan natijalar asosida aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi tushuntirildi.