09/04/2025

2025- yil 9- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludi kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Amir Temurning boy tarixiy merosi, siyosiy donoligi, xalqimiz tarixidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Xodimlar ishtirokida madaniy-ma’naviy muhitda o‘tgan ushbu uchrashuv tarixiy merosimizni chuqur anglash va uni e’zozlash borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir ishtirokchilarida yurtparvarlik ruhini oshirish, tarixiy xotirani qadrlash g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech