2025- yilning 3–6- fevral kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan “Gender tengsizligi va makroiqtisodiy natijalarga asoslangan siyosatni ishlab chiqish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda Armaniston, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qirgʻiz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi Mehnat statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Baxtiyor Zokirov ishtirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, gender statistikasi boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda gender statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirishda foydalaniladigan ma’lumotlar manbalarini takomillashtirish usullarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.