25/08/2023

Joriy yilning 25-avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlash maqsadida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” degan ezgu goyani keng targʻib qilish boʻyicha maʻnaviy-maʻrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbir Navoiy viloyati pedagogika instituti Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori dotsent Z. Quvonov hamda  boshqarma rahbariyati, tarmoq boʻlim boshliqlari va xodimlar ishtirok etdi.

Shunindek tadbirda Z. Quvonov soʻzga chiqib barcha ishchi xodimlarni yaqinlashib kelayotgan  bayram bilan tabrikladi va yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuq va marralar, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar boʻyicha atroflicha maʻlumotlar berib oʻtdi.

Muloqot davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javob oldilar.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech