24/08/2023

Joriy yilning 21-avgust–1-sentabr kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan tashkil etilgan “Iste’mol narxlari indeksi (chuqurlashtirilgan)” o‘quv kursi bo’lib o’tmoqda.

1_20230821_154132

Mazkur kursda O‘zbekiston, Armaniston, Albaniya, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Moldova, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkiya, Serbiya, Tojikiston, Ozarbayjon va Ukraina davlatlarining statistika idoralari vakillari ishtirok etishmoqda.

2_20230824_115749

Mazkur kursda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Umarov, Toshkent shahar statistikasi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o‘rinbosari Shavkat Norkulov, shuningdek, Narxlar statistikasi boshqarmasi mutaxassislari – Javohirbek Djamaldinov, Shaxnoza Ismailova va Aziz Tuychiyev ishtirok etishmoqda.

3_20230821_135827

Kursning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, iste’mol narxlari indeksini shakllantirishning nazariy jihatlari to‘g‘risida bilim berish, hisob-kitoblar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishdan iborat.

4_20230821_140605

Kurs davomida ishtirokchi davlatlarning iste’mol narxlari indeksini shakllantirish borasidagi tajribalari hamda xorijiy ekspertlarning tavsiyalari o‘rganilmoqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech