17/02/2025

 Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025- yil 1- yanvar holatiga viloyatimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 494,5 ming boshni tashkil etgan.

 Ushbu koʻrsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,8 % ga oʻsgan.

 Qo‘y va echkilarning umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Konimex tumani (23,3 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

 Shuningdek, Nurota (18 %), Tomdi (14,9 %) va Navbahor (11,5 %) tumanlarida ham qo‘y va echkilar bosh sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech