So'nggi yangiliklar

? Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʼyicha (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

Joriy yilning 12-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan vebinar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yangi bosqichi doirasida so‘nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 12- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyatimizning korxona va tashkilotlarida, shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla faollari ishtirokida seminarlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 11-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi Narxlar statistikasi boshqarmasi   tomonidan tashkil etilgan vebinar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Statistik registrlarni yuritish boʼlimi mutaxassislari tomonidan barcha shahar va tuman statistika boʼlim xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 5 710,1 mlrd. soʼmni yoki 2020 yilning mos davriga nisbatan
101,0 % ni tashkil qildi.

 2021 yilning 1 yanvar holatiga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʼlgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan.

 Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga shaftoli eksport qilgan hududlar:

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida Oʼzbekiston Respublikasida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi 9 175,4 ming soʼmni tashkil etdi.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra viloyatimizda 2021 yil yanvar-iyun oylarida jami 147 070 tonna don ekinlari yetishtirilgan.

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, viloyatimizda 2021 yil boshida jami 278 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari (oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari inobatga olinmagan) tashkil etilgan.

2021- yilning 6- avgust kuni, Navoiy viloyati Nurota tumani A. Navoiy MFYda “Aholini ro'yxatga olish” mavzusida seminar o’tkazildi.

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, respublikamizda 2021 yil yanvar-iyul oylarida (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) jami 61 612 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu oʼtgan yilning mos davriga qaraganda 6 301 taga koʼp.

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2021 yil yanvar-iyul oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʼyicha (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni quyidagicha:

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Navoiy shahri (406,3 mlrd. so‘m), Karmana (300,3 mlrd. so‘m), Zarafshon shahri (248,8 mlrd. so‘m), Qiziltepa (231,7 mlrd. so‘m), Xatirchi (221,2 mlrd. so‘m) va Navbahor (160,8 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Navoiy shahri (507,9 mlrd. so‘m), Qiziltepa (244,6 mlrd. so‘m), Karmana (197,0 mlrd. so‘m), Xatirchi
(206,5 mlrd. so‘m), Nurota (138,3 mlrd. so‘m), Navbahor (171,3 mlrd. so‘m), Zarafshon shahri (127,2 mlrd. so‘m) da qayd etildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Navoiy shahri (806,9 mlrd. so‘m), Karmana (581,3 mlrd. so‘m), Xatirchi (445,9 mlrd. so‘m), Qiziltepa (411,9 mlrd. so‘m), Zarafshon shahri (389,4 mlrd. so‘m) va Uchquduq (184,6 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.