Joriy yilning 8- sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari M. Mirzayev, Navbahor va Qiziltepa tumanlariga borib, mahalla fuqarolar yigʻinlarining raislari ishtirokida Davlat statistika organlariga taqdim etiladigan 2-dx “Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot” maʼlumotlarini shakllantirish boʻyicha oʻquv-seminar tashkil etildi.
Oʻquv-seminarda 2022- yil uchun tasdiqlangan 2-DX hisobotidagi koʻrsatkichlar koʻlami hamda ularni toʻldirish boʻyicha tushunchalar, shuningdek hisobotni elektron koʻrinishda taqdim etish tartib-qoidalari hisobot maʻlumotlarini haqqoniy aks ettirish va ularni shaffofligini taʻminlash kerakligi toʻgʻrisida maʻlumotlar berib oʻtildi.