Avval xabar berganimizdek, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi masʻul xodimlari tomonidan joylarga chiqqan holda hududlardagi mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan Davlat statistika organlariga taqdim etiladigan 2-dx “Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot” maʻlumotlarini shakllantirishda kelgusida sifati va qamrovini yanada yaxshilash yuzasidan masʼul shaxslar ishtirokida oʻquv-seminarlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 10- sentabr kuni Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boʻlim boshligʻi S. Tuyg’unov tomonidan Xatirchi tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlarining raislari ishtirokida, Davlat statistika organlariga taqdim etiladigan 2-dx “Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot” maʼlumotlarini shakllantirishda qishloq xoʻjaligi yer maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xajmlari hisobini toʻgʻri tayyorlash va hisobotni elektron koʻrinishda taqdim etish tartib-qoidalari tushuntirildi.