So'nggi yangiliklar

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-iyul oylarida 53 361 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyati bo’yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 230,0 ming tonna yetishtirildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Respublikada 5 288,3 ming tonna sut yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,9 %ni tashkil qildi.

2023-yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari va Qozog‘iston Respublikasi Milliy statistika byurosi (QAZSTAT) vakillari o‘rtasida sanoat va energetika statistikasi ma’lumotlarini toʻplashni tashkil etish amaliyoti bilan tanishish maqsadida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Navbahor tumanining umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 34,0 mlrd. so‘mga yetdi.

2023- yilning yanvar-may oylarida Tomdi tumanida jami 93,5 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 174,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida 116,8 trln.so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 149,3 ming tonna kerosin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,5 martaga oshgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 47 421,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Navoiy viloyatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti orqali yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 39,0 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda chet el investitsiyalari  ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 17 659 tani tashkil etib,  2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda bunday korxonalar soni 1,8 barobarga oshgan.

 Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatiga koʻchib kelganlar soni 4 712 kishini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Respublikada 1 267,5 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,8 %ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlashda 25 934,8 mlrd.so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2019- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 25,4 % ga o‘sgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 161,2 tonna tortlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 martaga oshgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 1 310,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha texnik ko‘maklashish missiyasi vakili – XVF statistika departamenti real sektor bo‘limi iqtisodchisi Levan Gogoberishvili bilan yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 42 102 tani tashkil etdi.