So'nggi yangiliklar

2023-yilning 1-may  holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 488 761 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 70 033 tani tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-mart davri uchun, O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 4,0 mln. so‘mni, o‘tkan yilning mos davriga nisbatan real o‘sish sur’ati esa 108,5 % ni tashkil etdi.

 Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida hududlar kesimida moliyaviy xizmatlar hajmi, (mlrd. so‘mda).

2023- yilning 9–12- may kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan gender statistikasi bo'yicha ekspertlar guruhi yig'ilishi tashkil etildi.

 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning yanvar-aprel oylarida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 1 487 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan: 

Joriy yilning 15-19-may kunlari Koreya Respublikasi “Statistiks Koreya” idorasi delegatsiyasi statistika sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ikki tomonlama dolzarb mavzularda oʻzaro tajriba almashish masalalarida amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

2023-yilning yanvar-mart oylari davomida tramvay transportida 833,9 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu esa 2022-yilning mos davriga nisbatan 170,3 mingga koʻpdir.

2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 689,2 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 36,4 % ga oshgan.

2023-yilning 1-may holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 23 337 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 155,1 foizni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 258,0 tonna amortizator ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 6,6 % ga oshgan.

2023-yil 1-may holatiga ro‘yxatdan o‘tgan savdo korxonalarining soni 200 357 tani tashkil etib, 2019 - yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 235,2 ming dona rezina shinalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,0 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Nurota tumanida jami 161,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 220,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 7,0 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

 2023- yilning yanvar-mart oylarida G‘ozg‘on shahrida  ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi  7,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida temiryoʻl transportida 2 498,4 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 401,7 ming kishiga koʻpdir (2022-yilning yanvar-mart oylarida 2 096,7 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).

2023- yil yanvar-mart oylarida Zarafshon shahrining tashqi savdo aylanmasi  hajmi 1 885,7 ming AQSH dollariga teng bo‘ldi.