14/08/2023

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 14- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi bosh yuristkonsulti Karmana tumani borib, hududda faoliyat yuritayotgan buxgalteriya markazi ishchi xodimlari hamda tuman statistika boʻlim xodimlari ishtirokida PF-6013-son  Farmoniga asosan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida  seminar tashkil etildi.

Seminarda, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa boʻlib, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyatning oʻzaro jipsligini talab etiladi. Bunga qarshi kurashishda esa avvalo aholining huquqiy ongini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim hisoblanadi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech