So'nggi yangiliklar

2023-yilning  yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatga qiymati 42 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 9 ming tonna trikotaj  mahsulotlarini eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida korxonalar tomonidan 13 129,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-aprel holatiga jami 47 378 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga Navoiy viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 356 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 81,2 ming dona elektr isitgichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 40,4 % ga oshgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga Navoiy viloyatida jami 1 491 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 49 tasi joriy yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etildi. 

Aslida aholini roʻyxatga olish jarayoni ilk bor miloddan avvalgi III ming yillikdan boshlangan. Dastlab bu tadbir Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, qadimgi Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyada oʻtkazilgan. Ushbu jarayon davlatlarning soliq va harbiy faoliyati hamda ularning maʼmuriy tuzilmasi vazifalari bilan bogʻliq ravishda vujudga kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 181,0 tonna shokolad ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3-martaga oshgan.

Joriy yilning 12- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi o'rinbosari J. Umarov   Konimex  tumaniga borib, tuman statistika boʻlimi mutaxassisi M. Boranbayev bilan birgalikda 5 narx o’rtacha haftalik kuzatuv bo’yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo nuqtalarida narx-navolarni o’rgandi.

2023- yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatimizda kvartira (yakka tartibdigi uy)lar soni 7 301,2 ming birlikni tashkil etib, oʻtgan yildagi koʻrsatkichga nisbatan (7 147,2 ming birlik) oʻsish 2,2 % ni yoki 154,0 ming birlikni tashkil etgan.

2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 483 554 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib,  shundan xususiy korxonalar soni 69 897 tani tashkil qildi (ulushi 14,5 foiz).

2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami 35 106 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 1 291 tasi joriy yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etildi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yilning 1-aprel holatiga Navoiy viloyatida jami 3 638 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha 12427,4 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2022- yil yakunlariga koʻra, Navoiy viloyatida YAHM oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 0,6 f.p., sanoat tarmogʻi – 3,9 f.p., qurilish tarmogʻi – 0,3 f.p., xizmat koʻrsatish tarmogʻi – 0,6 f.p. va mahsulotga sof soliqlar – 0,1 f.p. ijobiy hissa qoʻshdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida O’zbeksiton Respublikasi bo‘yicha 76401,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 28,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilda Navoiy viloyatida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 9,2  %, yuk aylanmasida 40,0 %, yo‘lovchi tashishda 87,1%, yo‘lovchi  aylanmasida 87,9% ni tashkil etdi.