So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Zarafshon shahrida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 941,1 mlrd. soʻmga yetdi.

Yurtimiz aholisi sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy shahrida jami 867,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 100,6 % ni tashkil etdi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11–15-sentabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirishning to‘liqligidagi tengsizlikni baholash”  mavzusida trening tashkil etilgan edi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko’ra, Navoiy viloyatida xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 1 765 taga yetdi. 

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 97 250 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning 1-sentabr holatiga Gʻozgʻon shahrida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xoʻjaliklaridan tashqari) 401 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida shaharda 71 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Open Data Watch tashkilotining 2022/2023- yilgi hisobotida Oʻzbekiston “Ochiq Gender maʼlumotlari indeksida” 69,7 ball toʻplagan holda bu koʻrsatkich boʻyicha jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-sentabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 19 971 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 19 877 tani tashkil etgan.

2023-yil 20-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon banki eksperti Obert Pimhidzay boshchiligidagi Qashshoqlik va tenglik masalalari bo‘yicha missiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 2 746 ta yetdi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko’ra, Navoiy viloyatida xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 15 077 taga yetdi. Jamiga nisbatan xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar ulushi 68,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 59 192,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 23,7 %ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga Navoiy shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 4 866 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-avgust oylarida shaharda 481 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2022-yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarda xodimlarga hisoblangan ish haqi koʻrinishidagi daromadlar miqdori 2 239,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan. 

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 109 583 ta bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,2 foizni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami 3 681,2 ming nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-sentabr holatiga Navoiy viloyatida jami 11 394 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan: