Joriy yilning 28-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish boʻyicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Statistika agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boʻlim boshligʻi B. Melikmurotov, Boshqarma rahbariyati va ishchi xodimlar, tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari videoaloqa orqali ishtirok etdi.
Shuningdek tadbirda B. Melikmurotov soʻzga chiqib, tizimda korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, uning oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrar ekanligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, oqibatda inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib kelishini aytib oʻtdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga B. Melikmurotov batafsil maʻlumot berib oʻtdi.