So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 750,9 trln. so‘mga yetdi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-oktabr holatiga viloyatimizda jami 11 536 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda.

Respublikamizda 2023-yil 1-oktabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha 103 358 ta xususiy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ularning dinamikasi quyidagicha:

Roʻyxatga olish doirasida har bir shaxs va mamlakatning har bir uy xoʻjaligi toʻgʻrisida maʼlumot toʻplanadi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 119 088,5 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 115,5 % ni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Navoiy  viloyatida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 15,0 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  111,9 % tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 72 996,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 105,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 42,6 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 9 218,4 ming tonna sement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,9 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot o‘sishi 5,8 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining 94,6 % ini tashkil etdi va 5,6 % ga o‘sdi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 67 685 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 197,0 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  113,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent shahri (40,4 %), Toshkent (6,8 %), Samarqand (6,3 %) va Farg‘ona (5,8 %) viloyatlari kabi hududlarga to‘g‘ri keldi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 44,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 88,0 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,8 % ga oshgan. 

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 750,9 trln. so‘mni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.