14/12/2023

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-dekabr holatiga Navoiy viloyatida savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 8 227 tani tashkil etib, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida bu sohada 1 334 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:

🔸Navoiy shahrida – 267 ta

🔸Zarafshon shahrida – 82 ta

🔸G‘ozg‘on shahrida – 25 ta

🔸Konimex tumanida – 63 ta

🔸Qiziltepa tumanida – 206 ta

🔸Navbahor tumanida – 170 ta

🔸Karmana tumanida – 216 ta

🔸Nurota tumanida – 52 ta

🔸Tomdi tumanlarida – 59 ta

🔸Uchquduq tumanida – 62 ta

🔸Xatirchi tumanida – 132 ta

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech