Joriy yilning 18- iyul kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “ Yangi Oʻzbekiston istiqboli uchun masʻulmiz ” mavzusida maʻnaviy-maʻrifiy soati boʻlib oʻtdi.
Seminarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha mas’ul xodim G. Norqulova ochib berdi.
Tadbirda Navoiy viloyati konchilik va texnologiyalar universiteti, kafedra dotsenti A. Raxmatullayev, boshqarma boʻlim boshliqlari va ishchi xodimlar ishtirok etdi.
Shundan soʻng maʻruzachi A. Raxmatullayev soʻzga chiqib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish istak, subyektiv hodisa emasligi, balki tub tarixiy asoslarga ega boʻlgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning oʻzi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga toʻla javob beradigan obyektiv zarurat ekanligini takiladi.
Bugungi Yangi Oʻzbekistonimizda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda barcha fuqarolarimiz fidoiylik koʻrsatishi kerakligini yigʻilish qatnashchilariga ta’kidlab oʻtildi.
Ushbu ma’naviyat soati ma’ruzachi va soha xodimlari oʻrtasida qiziqarli bahs va munozarlarga boy boʻldi.