Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-iyul holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 22 239 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 92,9 foizni tashkil etdi va shu bilan birga 89,7 foizini (19 942 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
🔹Navoiy shahri – 4 838 ta
🔹Zarafshon shahri – 1 696 ta
🔹G‘ozg‘on shahri – 385 ta
🔹Karmana tumani – 3 190 ta
🔹Konimex tumani – 1 023 ta
🔹Qiziltepa tumani – 2 985 ta
🔹Navbahor tumani – 2 312 ta
🔹Nurota tumani – 1 552 ta
🔹Tomdi tumani– 641 ta
🔹Uchquduq tumani – 915 ta
🔹Xatirchi tumani – 2 702 ta