17/07/2023

Joriy yilning 10–14-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan “Soliq-byudjet statistikasi sifatini oshirish” mavzusida tashkil etilgan davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi bo‘yicha beshinchi mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

1-img_20230711_102401

Ushbu seminarda Armaniston, Gruziya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qirgʻiz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan moliya va statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi.

2-photo_5296272478374579509_y

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Kamilova ham qatnashdi.

3-img_20230711_102409

Seminarning asosiy maqsadi davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasini shakllantirish va ushbu ma’lumotlardan milliy hisoblar statistikasida foydalanish boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

3-img_20230714_173110_878

Tadbir davomida ishtirokchilar davlat moliyasi statistikasi hamda milliy hisoblar ko‘rsatkichlarini shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma‘lumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech