14/07/2023

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-iyul holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 239 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 036 tani tashkil qildi (ulushi 22,6 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🔸Xatirchi tumani – 1 012 ta

🔸Zarafshon shahri – 832 ta

🔸Navoiy shahri – 682 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

▪️savdo sohasida – 2 339 ta

▪️sanoat sohasida – 839 ta

▪️yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 397 ta

▪️qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 375 ta

▪️qurilish sohasida – 257 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech