07/09/2026

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 19-avgustdagi O‘RQ-1169-son “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti A. Muradov tomonidan Qonunda belgilangan bob va moddalar mazmuni bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida xodimlarga mazkur Konstitutsiyaviy Qonunda belgilangan normalarni chuqur o‘rganish hamda qonunchilikdagi yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech