04/07/2023

2023-yil 4-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Statistika ishlari dasturi doirasida bajarilgan ishlar hisoboti” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rahbariyati, boshqarma boshliqlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

1-photo_2023-07-04_14-53-51-2

Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, Statistika agentligi oʻz faoliyatini “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonun va unga muvofiq ishlab chiqiladigan statistika dasturlari asosida tashkil etadi. Rasmiy statistika sohasida statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, statistika maʼlumotlarini shakllantirish va tarqatish har yili milliy va xorijiy foydalanuvchilarning statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.

Statistika dasturiga muvofiq, 2023-yil yanvar-iyun oylarida jami 1744 ta statistika ishlari belgilangan muddatlarda va toʻliq hajmda, shundan 907 tasi statistika organlari tomonidan bajarilgan.

2-photo_2023-07-04_14-53-50

Statistika agentligi tomonidan shakllantiriladigan rasmiy statistika maʼlumotlari yoʻnalishida umumiy hisobda 748 ta, jumladan:

Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va balanslar – 254 ta;

Iqtisodiyot tarmoqlarining koʻrsatkichlari – 310 ta;

Ijtimoiy sohaning koʻrsatkichlari – 108 ta;

Korxona va tashkilotlar yagona davlat registri – 76 ta.

Uslubiyatlarni takomillashtirish va sohani muvofiqlashtirish yoʻnalishida 111 ta statistika ishlari bajarilgan.

3-photo_2023-07-04_14-53-51

Shuningdek, 46 ta xalqaro savolnoma boʻyicha ochiq statistika maʼlumotlarining almashinuvi taʼminlangan.

Shu bilan birga, boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan statistika organlariga rasmiy statistikani tayyorlash uchun 374 ta maʼmuriy maʼlumotlar taqdim etilgan.

Bundan tashqari, 463 ta statistika ishlari rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida tayyorlangan va tarqatilgan.

4-photo_2023-07-04_14-53-51-3

2023-yil yanvar-iyun oylarida xalqaro tashkilotlarning 21 ta savolnomalari, jumladan, BMT Statistika boʻlimining 7 ta, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining 2 ta, YUNESKO Statistika institutining 3 ta, Xalqaro Mehnat Tashkilotining 1 ta, Xalqaro Elektroaloqa Ittifoqining 1 ta va boshqa xalqaro tashkilotlarning 7 ta savolnomalari toʻldirildi va taqdim etildi.

Bundan tashqari, 4 ta xalqaro maʼlumotlar bazalaridagi, xususan XVJning kengaytirilgan maʼlumotlarni tarqatishning umumiy tizimi doirasida, MDH, “COMTRADE” va “TRANSMONEE” maʼlumotlar bazalarida Oʻzbekistonning statistika koʻrsatkichlari oʻz vaqtida yangilandi.

5-photo_2023-07-04_14-53-52

Jumladan, tovarlar savdosi boʻyicha BMTning “COMTRADE” axborot bazasida 3 mingdan ortiq tovar turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi maʼlumotlarini har oyda yangilab borilishi taʼminlanmoqda.

Statistika dasturiga muvofiq bajarilgan ishlar ochiq statistika maʼlumotlari, axborotnomalar, toʻplamlar, press-relizlar koʻrinishida hamda ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda milliy va xorijiy foydalanuvchilar eʼtiboriga yetkazib berildi.

6-photo_2023-07-04_14-53-53

Jumladan, Agentlik rasmiy veb-saytining “Rasmiy statistika” boʻlimida qator statistika yoʻnalishlari boʻyicha 400 tadan ortiq statistika maʼlumotlari toʻplamlari eʼlon qilindi.

Shuningdek, 68 ta press-relizlar, 2 ta choraklik axborotnomalar, 4 ta oylik risolalar eʼlon qilinishi taʼminlandi.

Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy Telegram kanali va Facebook sahifasida 6850 tadan va Instagram sahifasida 270 ta va Youtube kanalida 180 ta yangiliklar eʼlon qilindi va infografika roliklari joylashtirib borildi.

7-photo_2023-07-04_14-53-54-2

Shuningdek, 180 dan ortiq infografika roliklari hamda faoliyatga oid lavhalar “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston”, “Oʻzreport” telekanallarida doimiy tarzda efirga uzatib borildi.

“Халқ сўзи”, “Народное слово”, “Янги Ўзбекистон”, “Правда Востока”, “Iqtisodiy gazeta”, “Birja”, “Ishonch” va boshqa nashrlarda statistika koʻrsatkichlari aks etgan 20 dan ortiq materiallar chop etildi.

8-photo_2023-07-04_14-53-53-2

Rasmiy statistikani shakllantirishda statistika organlari tomonidan jami 30 ta tanlanma statistika kuzatuvlari hamda 98 ta statistika hisobotlaridan foydalanildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech