26/06/2023

Joriy yilning 22-23-iyun kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Yevropa statistiklari konferensiyasining 71-yalpi sessiyasi oʻtkazildi. Konferensiyada xalqaro tashkilotlar va mamlakatlarning milliy statistika idoralari rahbarlari, ilmiy-akademik doiralar va statistika hamjamiyatining vakillari, Yevropa statistiklari konferensiyasi aʼzolari qatnashdi.

1-photo_2023-06-22_19-09-15

Yevropa statistiklari konferensiyasi statistikaning rivojlanishiga koʻmaklaklanishda muhim rol oʻynab kelmokda. Har yili muntazam ravishda oʻtkaziladigan YESK xalqaro konferensiyasi milliy statistika idoralari, xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassalarning statistika boʻyicha ekspertlarini bir joyga toʻplaydi va statistikada muhokama qilish uchun foydali platforma boʻlib xizmat qiladi.

Konferensiyada Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Agzam Ikramov qatnashib, mamlakatimizning statistika sohasidagi islohotlari, erishilgan natijalari, shuningdek, salohiyatni yanada oshirishga qaratilgan istiqboldagi rejalari toʻgʻrisida ishtirokchilarga atroflicha maʼlumot berib oʻtdi.

2-photo_2023-06-22_19-09-15-2

Agentlik vakili 71-yalpi sessiya doirasida oʻtkazilgan barcha muhokamalarda faol qatnashib, bir qator hamkor tashkilotlar rahbarlari va ekspertlar bilan uchrashdi. Jumladan, MDH Statistika qoʻmitasi raisi Laykam Konstantin Emilyevich bilan ham uchrashuv oʻtkazildi.

Asosiy hamkor tashkilotlar vakillari bilan boʻlgan uchrashuvlarda statistika salohiyatini oshirish, ochiq maʼlumotlar, Oʻzbekiston statistik koʻrsatkichlarini xalqaro maʼlumotlar bazalarida toʻliq aks ettirish va boshqa masalar muhokama qilindi.

 Statistika agentligi vakilining mazkur konferensiyada ishtirok etishi statistika sohasida ilgʻor xalqaro tajribalarni Oʻzbekiston Respublikasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etishda va sohani rivojlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech