23/06/2023

Joriy yilning 23- iyun kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida ishchi xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, ulardagi sportga boʻlgan ishtiyoqni yanada oshirish boʻyicha boshqarma sport targʻibotchisi boshchiligida xodimlar oʻrtasida shaxmat va shashka yoʻnalishi bellashuvi boʻlib oʻtdi.

Aqliy sport turi shaxmat va shashka boʻyicha Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlim boshligʻi M. Mirjonov faxrli birinchi oʻrinni egalladi.

 Mazkur sport musobaqasi koʻtarinki kayfiyat va oʻzaro doʻstlik ruhida oʻtdi hamda qizgʻin bellashuvlarga boy boʻldi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech