30/05/2023

Butun dunyo boʻylab rasmiy statistika organlari jamiyatning turli ijtimoiy-iqtisodiy jabhalari boʻyicha aniqroq va toʻliqroq maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish uchun turli xil maʼlumotlar bazalarini oʻzaro integratsiya qilish ustida faol ishlamoqda. Ushbu ishlar natijasida koʻplab mamlakatlar katta hajmdagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va tahlil qilish uchun sarflanadigan resurslarni tejash uchun, mavjud maʼlumotlar bazalarini integratsiyalashni boshladilar.

gishpdoldproo

Maʼlumotlar bazasi integratsiyasi Statistika agentligiga maʼlumotlarni tezroq va yaxshiroq tahlil qilish, munosabatlar va tendensiyalarni aniqlash va hayotning turli sohalarida muhim qarorlar qabul qilish uchun aniqroq maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Shuningdek, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshiroq tushunish, odamlar hayotini yaxshilash choralarini koʻrish imkonini beradi.

Maʼlumotlar bazasi integratsiyasi iqtisodiyotning turli tarmoqlari va umuman jamiyat rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan aniq va ishonchli statistik maʼlumotlarni olish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

lirritiyu

Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-561-son Qonunining, “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik hollarining statistik hisobi va hisoboti” deb nomlanuvchi
16-moddasida, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek zoʻravonlik sodir etgan yoki zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilishi qayd etilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2023-yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2023-yil 27-fevraldagi 80-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida ikki taraflama texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqilib, shu asosda axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish orqali elektron shaklda maʼlumot almashish tartibi joriy etildi.

oishdol

Natijada Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar soni, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlarni, real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratildi.

Statistika agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish ishlari davom ettiriloqda.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech